18-may kuni Toshkent shahridagi Yangi avlod maxsus sanoat zonasida JAC Motors Toshkent zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Tadbir doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi boshlangan brendning ilk modeli – JAC M3 avtomobilini yig‘ish liniyasi ishga tushirildi.
JAC Motors Toshkent haqida
JAC Motors Toshkent qo‘shma korxonasi Xitoyning JAC Motors kompaniyasi hamda Toshkent Invest kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.

Manba: stat.uz
Zavodga UzAuto Motors kompaniyasining sobiq rahbari Rustam Rajabov rahbarlik qiladi.
.jpg)
Rustam Rajabov / Foto: Gazeta.uz
Zavod ichki yonuv dvigatelli, gibrid va elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Loyiha qiymati 135 mln dollarni tashkil etadi.
Dastlabki bosqichda 35 mln dollar sarmoya o‘zlashtirilib, yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega SKD zavodi ishga tushirilgani ma’lum qilindi.
Ikkinchi bosqichda esa to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega CKD zavodini barpo etish orqali yillik quvvatni 30 ming dona avtomobilga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Kelgusida zavodda JAC M4, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellari ham ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qaysi avtomobil modeli eng ko‘p sotilgani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
