Uzum ekotizimi Yevroosiyo taraqqiyot bankidan 70 mln dollar kredit jalb qilmoqda.
18-may kuni Toshkentda bank vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida bank va Uzum ekotizimi o‘rtasida 70 mln dollar miqdorida kredit bitimi imzolandi.

Foto: Uzum
Ma’lum qilinishicha, ushbu kredit mablag‘lari ekotizimning raqamli moliyaviy xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Uzum ekotizimi 2,3 mlrd dollar bahoda 130 mln dollar sarmoya jalb qilgan edi.
Taqqoslash uchun, ekotizim 2025-yil avgust oyida xalqaro investorlar tomonidan 1,5 mlrd dollarga baholangan edi.
