Bektemir tumanida ijara narxlari bir oyda qariyb 10 foizga o'sdi — tahlil

19.05.2026 13:37
O'zbekchaРусский
2026-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining bir kvadrat metri uchun o‘rtacha narx 9,2 dollarni tashkil etdi. Poytaxtda o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga oshgan.
Bektemir tumanida ijara narxlari bir oyda qariyb 10 foizga o'sdi — tahlil

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

2026-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining bir kvadrat metri uchun o‘rtacha narx 9,2 dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha sharhida ma’lumot berilgan.

Poytaxtda o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga oshgan.

Bu esa Toshkent shahrida ijara bozori uy-joy sotuv bozoriga (7,6%) qaraganda tezroq o‘sayotganini ko‘rsatadi.

Eng yuqori ijara narxlari asosan poytaxtning markaziy tumanlarida saqlanib qolmoqda.

Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Biroq ijara narxlarining o‘sishi jihatidan boshqa tumanlar yetakchilik qilmoqda.

Jumladan, Yashnobod tumanida ijara narxlari so‘nggi bir yilda 18,2 foizga oshgan.

Shuningdek, Bektemir (16,7%), Yunusobod (14,3%) hamda Chilonzor tumanlarida o‘sish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan.

Bektemir tumanida uy-joy ijara narxlari mart oyiga nisbatan 9,8 foizga oshgan.

Markaziy tumanlar — Yakkasaroy (5,3%) hamda Mirobodda (3,8%) narxlarning o‘sishi nisbatan sekinroq kechgan.

Shayxontohur tumanida esa, aksincha, narxlar o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 0,6 foizga arzonlagan.

Shunga qaramay, ushbu tuman poytaxtda ijara narxlari eng yuqori bo‘lgan tumanlardan biri bo‘lib qolmoqda.

#ijara#toshkent_shahri

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar