19-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Rejaga koʻra, birinchi bosqichda Toshkent shahrida yirik uzelli ishlab chiqarishni boshlash koʻzda tutilgan.
Keyingi bosqichda esa Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida to‘liq siklda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport bozorlariga chiqish ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni O‘zbekistonda JAC Motors avtomobil zavodi o‘z faoliyatini boshladi.
Dastlab zavodda Xiyoy brendining JAC M3 modeli yig‘ilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Volkswagen O‘zbekistonda
2020-yilda O‘zavtosanoat va Volkswagen Group Rus o‘rtasida shartnoma imzolangan edi.
Unga ko‘ra, Jizzakh Auto (Jizzax avtomobil zavodi) negizida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan edi.
Bitimni Jizzax erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirish rejalashtirilgandi.
O‘sha yilning yozida Jizzax avtomobil zavodi bazasida Volkswagen tijorat avtomobillari sotuvi boshlandi.
Kuzda esa Škoda tijorat avtomobillari ham savdoga chiqarildi. Škoda 1991-yildan beri Volkswagen guruhiga kiradi.
Keyinchalik Volkswagen Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi sababli Rossiya bozorini tark etishga qaror qildi.
2023-yil may oyida kompaniya Rossiyadagi aktivlarini qayta sotib olish huquqisiz Avilon avtodileriga sotdi.
2022-yil avgustida ijtimoiy tarmoqlarda Volkswagen O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatgani haqida xabarlar tarqalgandi.
