Agat Credit mikromoliya tashkiloti o‘zining beshinchi obligatsiya emissiyasini amalga oshirmoqda.
20-maydan boshlab ushbu obligatsiyalarning sotuvi boshlandi. Umumiy emissiya hajmi 100 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Har bir obligatsiyaning nominal qiymati 100 ming so‘m bo‘lib, jami 1 mln dona obligatsiya muomalaga chiqarilgan.
Kupon stavkasi yillik 25 foiz etib belgilangan. Foiz to‘lovlari har oy amalga oshiriladi. Obligatsiyalarning muomala muddati – 730 kun.
Mazkur obligatsiyalar Toshkent fond birjasining kotirovka varag‘iga kiritilgan.
Ularni mahalliy brokerlar yoki Jett va GoInvest mobil ilovalari orqali xarid qilish mumkin.
Agat Credit o‘zining birinchi obligatsiyasini 2025-yilning 20-martida yillik 29 foiz daromad bilan chiqargan edi.
Undan keyingilari mos ravishda yillik 28, 27 va 26 foizlik daromad bilan chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘mdagi omonatlarning eng yuqori stavkasi 22 foizni tashkil etmoqda.
Avvalroq, Agat Credit aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida Biznesni rivojlantirish bankidan 50 mlrd so‘m kredit olgandi.
