Edvin Deurlo Korzinka supermarketlar tarmog‘i do‘konlarini operatsion boshqaruvchi direktor lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi. Bungacha mazkur lavozimda Anastasiya Kulakovskaya ishlab kelayotgan edi.
Kompaniya uning kelgusi kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Edvin Deurloning yangi lavozimdagi vazifalaridan biri supermarket formatidagi do‘konlar tarmog‘ini yanada kengaytirishdir.
Kompaniya xabariga ko‘ra, Edvin Deurlo 2026-yilning yanvar oyidan boshlab Korzinka bilan chakana va ulgurji savdo bo‘yicha maslahatchi sifatida hamkorlik qilib kelgan.
Edvin Deurloning chakana savdo sohasida 15 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.
Faoliyati davomida bir qator mamlakatlarning taniqli chakana savdo tarmoqlarida ishlagan.
Jumladan, Deurlo o‘z faoliyati davomida Cash & Carry International (Ruminiya), Lenta (Rossiya), Siam Makro (Tailand), Pick n Pay (JAR) kabi kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyida Rud Pedersen Korzinka bosh direktori lavozimini tark etgan edi.
Bosh direktor o‘rinbosari Akmal Asadov bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Korzinka hozirda bosh direktor lavozimiga nomzod qidirmoqda.
