OLX onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi

21.05.2026 06:17
O'zbekchaРусский
OLX e’lonlar platformasi onlayn reklama xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi. Raqobat qo‘mitasi ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish uchun majburiy monitoring o‘tkazib borishini ma’lum qildi.
OLX onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Foto: OLX

OLX Classifieds xorijiy korxonasi onlayn reklama xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi.

Ushbu qaror Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan qabul qilingan.

Raqobat qo‘mitasi ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish uchun majburiy monitoring o‘tkazib borishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, OLX Classifieds xorijiy korxonasi O'zbekistonda OLX e’lonlar platformasining yuridik egasidir.

Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, OLX e’lonlar platformasining 100 foiz ulushi Olx Global kompaniyasiga tegishli ekani ko‘rsatilgan.

Manba: stat.uz

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning avgust oyida TBC Bank Group kompaniyasi OLX e’lonlar platformasining nazorat paketini sotib olgani ma'lum bo'lgandi.

Ular o‘rtasidagi bitim tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’qullangach, OLX kompaniyasi TBC Uzbekiston ekotizimiga integratsiya qilinishi rejalashtirilgandi.

Avvalroq, OLX kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga qanday kirib kelgani va uning qisqacha tarixi haqida yozgandik.

#OLX#ustun_mavqe

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar