Aleksandr Sotnikov HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

21.05.2026 07:36
O'zbekchaРусский
Aleksandr Yevgenyevich Sotnikov HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Belaruslik mutaxassis mehnat faoliyati davomida asosan bank, protsessing va raqamli to‘lov tizimlari sohasida ishlagan.
Aleksandr Sotnikov HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Aleksandr Sotnikov / Foto: Office life

Aleksandr Yevgenyevich Sotnikov HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bu bo‘yicha tegishli qaror 18-may kuni kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan.

Avvalroq, kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Maksad Muxitdinovning boshqa ishga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.

Aleksandr Sotnikov haqida

Aleksandr Sotnikovning LinkedIn sahifasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u mehnat faoliyati davomida asosan bank, protsessing va raqamli to‘lov tizimlari sohasida ishlagan.

Dastlab Belarusdagi Belinvestbank tizimida markaz rahbari lavozimida faoliyat yuritib, bank kartalari infratuzilmasi va protsessing tizimlari bilan shug‘ullangan.

Keyinchalik BELKART milliy to‘lov tizimida bosh direktor (CEO) sifatida ishlagan.

Shundan so‘ng Belarus Milliy banki tarkibida To‘lov tizimlari va raqamli texnologiyalar rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Mazkur lavozimda raqamli moliyaviy infratuzilma hamda elektron to‘lov texnologiyalari yo‘nalishlariga mas’ul bo‘lgan.

2017–2021-yillarda esa Belgazprombank bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab, bank boshqaruvi va strategik rivojlanish jarayonlarida ishtirok etgan.

2021-yilning may oyidan boshlab esa Belarusning Bank protsessing markazida (Банковский процессинговый центр) boshqaruvchi direktor sifatida faoliyat yuritgan.

Aleksandr Sotnikov ushbu lavozimni 2026-yilning may oyida tark etgan.

#humo#aleksandr_sotnikov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar