Hayot Bank tomonidan yangi sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi

22.05.2026 06:58
O'zbekchaРусский
19-may kuni Hayot Invest Insurance aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tashkilot Hayot Bank tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, hayotni sug‘urtalashdan tashqari umumiy sug‘urta faoliyati bo‘yicha ro‘yxatga olingan.
Hayot Bank tomonidan yangi sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi

Foto: Yandex Maps

19-may kuni Hayot Invest Insurance aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tashkilot Hayot Bank tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, hayotni sug‘urtalashdan tashqari umumiy sug‘urta faoliyati bo‘yicha ro‘yxatga olingan. 

Shu munosabat bilan tashkilot 21-may kuni Hayot Bank bilan affillangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. Kompaniya ustav fondi 50 mlrd so‘m miqdorida shakllantirilgan.

Manba: stat.uz

Ma’lumot o'rnida, 2025-yil oktyabr oyidan boshlab umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritish uchun 50 mlrd so‘m ustav fondi shakllantirish lozim.

Hayot Invest Insurance aksiyadorlik jamiyatiga Umid Xudayberdiyev rahbar etib ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Hayot Bank ta’sischisi va hozirda yagona egasi tadbirkor Botir Rahimov hisoblanadi.

Avvalroq, Hayot Bank dastlabki (MVP) bosqichdagi startaplarni moliyalashtirishga qaratilgan venchur fondni ishga tushirayotgandi.

#hayot_invest_insurance#hayot_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar