2026-yil birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 46 mlrd 985 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumot berdi.
Mamlakatning davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd 387 mln dollarga yoki 10,3 foizga oshgan.
Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa, aksincha, 29 foizdan 26,6 foizga tushgan. Bu 2019-yildan keyingi davrdagi eng past ko‘rsatkichdir.

Infografika: tanga.uz
Mazkur holat O‘zbekistonning davlat qarzi o‘sishi bilan birga, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qisqarib borayotganini ko‘rsatadi.
2026-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, davlat qarzining 39 mlrd 776 mln dollari (85%) tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirilgan.

Skrinshot: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Tashqi qarzning 20 mlrd 783 mln dollari qat’iy belgilangan stavkada, 18 mlrd 713 mln dollari esa o‘zgaruvchan foiz stavkasida jalb qilingan.
Avvalroq, 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston davlat qarzi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
