Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi o‘zgardi

26.05.2026 12:59
O'zbekchaРусский
Umidjon Hakimov Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi. U bunga qadar 16-apreldan buyon mazkur bankning boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2018-yil yanvaridan beri bankni boshqarib kelgan Saidabror Saidahmedov esa boshqa lavozimga o‘tdi.
Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi o‘zgardi

Saidabror Saidahmedov va Umidjon Hakimov

Umidjon Hakimov Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda bankning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Ushbu tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangandan so‘ng rasman kuchga kiradi.

Hakimov bunga qadar 16-apreldan buyon mazkur bankning boshqaruv raisi o‘rinbosari (CAO) lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2018-yil yanvaridan beri bankni boshqarib kelgan Saidabror Saidahmedov esa boshqa lavozimga o‘tdi.

Bank e’lonida aytilishicha, Saidahmedov bankdagi faoliyatini yangi yo‘nalishda davom ettirishga qaror qilgan.

Umidjon Hakimov haqida

Umidjon Abduxoliqovich Hakimov 1971-yilda tug‘ilgan.

2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2011-yilda esa London Biznes maktabining MBA dasturini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1999-yilda Ipak Yuli Bank tizimida boshlagan.

2011−2021-yillarda Asia Alliance Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2021-yildan 2023-yil boshigacha ushbu bankning boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

2023-yilda Ipoteka-bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum bo‘lgan edi.

2026-yilning 16-aprelidan buyon Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari (Ma’muriy ishlar bo‘yicha direktor) lavozimida ishlab kelayotgandi.

#umidjon_hakimov#ipak_yuli_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar