Insurer kanali muallifi Jahongir Yoqubov 2026-yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy natijasini o‘rgandi.
Unga ko'ra, o‘rganilgan 35 ta sug‘urta tashkilotining ushbu davrdagi umumiy sof foydasi 276 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ularning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa oshgan.
Chorakni Euroasia Life Insurance, Ishonch va Alskom sug‘urta tashkilotlaridan tashqari barcha kompaniyalar foyda bilan yakunlagan.

Infografika: tanga.uz
Bu davrda 12 ta sug‘urta tashkilotining sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan. Qolgan tashkilotlarning moliyaviy natijalarida esa o‘sish kuzatilgan.
Apex Insurance 87,8 mlrd so‘m sof foyda bilan birinchi o‘rinni egallagan. Tashkilotning moliyaviy natijasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53,3 mlrd so‘mga oshgan.
Foydaning eng sezilarli o‘sishi esa Euroasia Insurance tashkilotida kuzatilgan. Tashkilot sof foydasini qariyb 9 barobarga oshirib, 64 mlrd so‘mga yetkazgan.
Foydaning keskin kamayishi esa Alskom sug‘urta tashkilotida qayd etilgan.
Avvalroq, sug‘urta tashkilotlarining 2025-yilning dastlabki 9 oyida erishgan moliyaviy natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
