1-iyulga qadar tadbirkorlar uchun onlayn kreditlash platformasi ishga tushiriladi

02.06.2026 07:53
O'zbekchaРусский
Prezident qarori bilan 2026-yil 1-iyulga qadar onlayn kreditlash platformasi ishga tushiriladi. Ushbu platforma tadbirkorlarga kredit olishda bir qator qulayliklar yaratishi kutilmoqda. Jumladan, tadbirkor platforma orqali o‘ziga maqbul kreditlarni tanlaydi.
1-iyulga qadar tadbirkorlar uchun onlayn kreditlash platformasi ishga tushiriladi

Foto: Gazeta

2026-yil 1-iyulga qadar onlayn kreditlash platformasi ishga tushiriladi.

Bu haqda Prezidentning moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan qarorida qayd etilgan.

Ushbu platforma tadbirkorlarga kredit olishda bir qator qulayliklar yaratishi aytilmoqda.

Jumladan, tadbirkor platforma orqali kredit olish uchun ariza topshiradi, bir nechta bankdan tijorat takliflarini oladi, ularni taqqoslab, o‘ziga ma’qulini tanlaydi.

Platforma “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi.

Kichik va o‘rta biznes subyektlariga oid ma’lumotlar avtomatik tarzda olinib, banklarga taqdim etiladi.

Bu kredit berish jarayonida hujjat yig‘ish, ortiqcha vaqt sarflash va inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Qarorda keltirilishicha, ushbu ma’lumotlar 2027-yil 1-iyunga qadar bepul asosda olinadi va taqdim etiladi.

25-may kuni Prezidentga qilingan taqdimotda ta’minotsiz onlayn mikrokredit ajratish jarayoni o‘rtacha 7 kungacha vaqt olayotgani aytilgan edi.

Shu tufayli mazkur platformani ishlab chiqish taklifi ilgari surilgan edi.

#kreditlash_platformasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar