Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi

09.06.2026 06:19
O'zbekchaРусский
Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 2024-yil sentyabrdan buyon bankni boshqarib kelgan Sandro Rtveladze esa lavozimidan ozod etildi.
Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi

Adam Sentpeteri / Foto: Ipoteka-bank

Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

18-may kuni bankning rasmiy saytida Sandro Rtveladze 1-iyuldan boshlab Ipoteka-bank boshqaruv raisi lavozimini tark etishi xabar qilingan edi.

3-iyun kuni bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, Sandro Rtveladze lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, bank kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Tatyana Dogan ham lavozimidan ozod etilgan.

Yangi rahbar tayinlanguniga qadar Adam Sentpeteri bankning vaqtincha boshqaruv raisi etib tayinlandi.

U 2023-yilning iyul oyidan buyon bankda boshqaruv raisining o‘rinbosari — Strategiya va moliya bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Adam Sentpeteri haqida

Adam Sentpeteri 1972-yilda tug‘ilgan. 1996-yilda Korvinus iqtisodiyot fanlari universitetining moliya va axborot menejmenti yo‘nalishida magistr darajasini olgan.

2007-yilda Markaziy Yevropa universitetida PhD ilmiy darajasini, o‘sha yili ELTE Fanlar universitetida esa yuridik fanlar doktori darajasini olgan. 2013-yilgacha Vengriyaning ELTE Fanlar universitetida dotsent lavozimida ishlagan.

2005-yilda OTP guruhiga qo‘shilishdan avval, Adam Sentpeteri o‘n yil davomida Korvinus va ELTE universitetlarida bir qator fanlardan dars bergan.

OTP guruhida Adam Sentpeteri moliya, nazorat, strategiya va chakana savdo bo‘limlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012–2018-yillarda OTP Bank Ukraina kuzatuv kengashi a’zosi va 2018–2022-yillarda OTP Bank Rossiya direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan.

2022-yildan Ipoteka-bank’ka (OTP Group) ishga o‘tgunga qadar OTP Bank Albaniya’da Bosh moliya direktori va Boshqaruv a’zosi lavozimlarida ishlagan.

#adam_sentpeteri#ipoteka-bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar