ABB vakillari Davr Bank nazorat paketini sotib olish va kelgusidagi rejalar yuzasidan Markaziy bank vakillari bilan uchrashdi

24.06.2026 07:29
O'zbekchaРусский
O‘zbekiston Markaziy bankida Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ABB bankining Davr Bank ustav kapitalidagi 51 foiz ulushni sotib olish rejalari va bank faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
ABB vakillari Davr Bank nazorat paketini sotib olish va kelgusidagi rejalar yuzasidan Markaziy bank vakillari bilan uchrashdi

Sanjar Nosirov va Abbos Ibrohimov / Foto: Markaziy bank

O‘zbekiston Markaziy bankida Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Regulyator axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur uchrashuv Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan.

Unda ABB banki tomonidan Boshqaruv kengashi raisi Abbos Ibrohimov, Boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosarlari Toleh Tahirli hamda Agshin Amirov ishtirok etgan.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bank nomidan esa Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov boshchiligidagi tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari qatnashdi.

Foto: Markaziy bank

Nazorat organi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar bir qator masalalar bo‘yicha fikr almashgan.

Jumladan, O‘zbekistonning moliya-bank sektori, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish masalalari yuzasidan muloqot olib borilgan.

Shuningdek, uchrashuvda ABB bankining Davr Bank ustav kapitalidagi 51 foiz ulushni sotib olish rejalari va bank faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyining boshida Ozarbayjon Xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 51 foizini sotib olayotgani ma’lum bo‘lgandi.

ABB Boshqaruv kengashi raisi Abbos Ibrohimovga ko‘ra, tomonlar bitimni 2026-yilning ikkinchi yarmida yakunlashni rejalashtirgan.

Tegishli tartibga soluvchi organlar tomonidan bitimga rozilik berilgach, bank O‘zbekistonda ABB Davr Bank nomi ostida faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Abbos Ibrohimovning aytishicha, bankni sotib olishga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 100 mln dollardan oshadi.

#abb#davr_bank#markaziy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan