May oyida banklarning muammoli kreditlari 1,7 trln so‘mga ortdi — tahlil

26.06.2026 09:09
O'zbekchaРусский
May oyida banklarning muammoli kreditlari 1 trln 692 mlrd so‘mga ortdi. Ushbu o‘sishga asosan davlat banklari, jumladan, Mikrokreditbank (+822 mlrd so‘m), Xalq Banki (+659 mlrd so‘m) va Asakabank (+261 mlrd so‘m) eng katta hissa qo‘shgan.
May oyida banklarning muammoli kreditlari 1,7 trln so‘mga ortdi — tahlil

Foto: Yandex Maps

May oyida banklarning muammoli kreditlari 1 trln 692 mlrd so‘mga ortdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

1-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli 635 trln 978 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 23 trln 609 mlrd so‘mi yoki 3,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Markaziy bank

May oyida muammoli kreditlar hajmi 1 trln 672 mlrd so‘mga ortgan.

Aprel oyida bu ko‘rsatkich 2 trln 56 mlrd so‘mga ko‘payib, joriy yil boshidan buyon eng yuqori natija bo‘lgandi.

Davlat banklari

1-iyun holatiga ko‘ra, davlat banklarining kredit portfeli 420 trln 443 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 16 trln 696 mlrd so‘mi yoki 4 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

May oyida davlat banklarining muammoli kreditlari 1 trln 599 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Mazkur o‘sishga Mikrokreditbank (+822 mlrd so‘m), Xalq Banki (+659 mlrd so‘m) hamda Asakabank (+261 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan.

SQB (-130 mlrd so‘m), O‘zmilliybank (-34 mlrd so‘m) hamda AloqaBank (-19 mlrd so‘m) muammoli kreditlar hajmi esa kamaygan.

May oyida qolgan davlat banklarining muammoli kreditlari ko‘rsatkichida sezilarli o‘zgarish yuz bermagan.

Boshqa banklar

1-iyun holatiga ko‘ra, xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning kredit portfeli 215 trln 536 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 6 trln 914 mlrd so‘mi yoki 3,2 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

May oyida ushbu banklarning muammoli kreditlari 93 mlrd so‘mga oshgan.

Bu oyda mybank (-270 mlrd so‘m) hamda Kapitalbank (-190 mlrd so‘m) muammoli kreditlarini sezilarli darajada kamaytira olgan.

ANORBANK (+236 mlrd so‘m) va TBC Bank’da (+149 mlrd so‘m) esa muammoli kreditlar hajmi sezilarli darajada oshgan.

Qolgan xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning mazkur ko‘rsatkichida sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan.

Avvalroq, O‘zbekiston banklarining aprel oyidagi kredit portfeli hamda muammoli kreditlari hajmi qanday o‘zgargani haqida ma’lumot bergandik.

#npl#may

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan