TBC Bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi 10 foizdan oshdi

29.06.2026 10:48
O'zbekchaРусский
1-iyun holatiga ko‘ra, TBC Bankning kredit portfeli 8 trln 547 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 885 mlrd so‘mi yoki 10,4 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
TBC Bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi 10 foizdan oshdi

Foto: Timurmalik Elmuradov

TBC Bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi 10 foizdan oshdi. Bu bo‘yicha Markaziy bank ma’lumot berdi.

2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, bankning kredit portfeli 8 trln 547 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 885 mlrd so‘mi yoki 10,4 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 1-may holatiga 8,4 foizga teng edi.

Umuman olganda, bankning muammoli kreditlari hajmi yil boshidan buyon oshib bormoqda. Kredit portfeli esa, aksincha, qisqarmoqda.

Infografika: tanga.uz

1-yanvar holatiga ko‘ra, bankning kredit portfeli 10 trln 346 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shundan 591 mlrd so‘mi yoki 5,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Oradan besh oy o‘tib, bankning kredit portfeli 1 trln 799 mlrd so‘mga kamaygan.

Muammoli kreditlari esa 294 mlrd so‘mga ortib, ularning kredit portfelidagi ulushi salkam ikki barobarga oshgan va 10,4 foizga yetgan.

1-iyun holatiga ko‘ra, TBC Bank muammoli kreditlar ulushi yuqoriligi bo‘yicha Garant Bankdan (13,9%) keyingi o‘rinda turibdi.

Ma’lumot uchun, TBC Bank mijozlarining asosiy qismini jismoniy shaxslar tashkil etadi.

1-iyun holatiga ko‘ra, bank kredit portfelining 7 trln 486 mlrd so‘mi yoki 87,6 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, TBC Bank ustav kapitalini 340 mlrd so‘mga oshirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

#tbc_bank#npl

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan