TBC Bank ustav kapitalini oshirmoqda. 18-iyun kuni yagona aksiyador bankning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan oshirishga qaror qildi.
Buning uchun bank nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 340 mln dona oddiy aksiya chiqaradi.
Chiqariladigan aksiyalarning umumiy qiymati 340 mlrd so‘mni tashkil etib, yopiq obuna orqali bankning yagona aksiyadori — TBC Digital boshqaruv kompaniyasiga joylashtiriladi.
Yagona aksiyador qaroriga muvofiq, aksiyalarni chiqarishga vositachilar jalb etilmaydi hamda mavjud aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi qo‘llanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, TBC Bank aksiyadorlari 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda bank ustav kapitalini 240 mlrd so‘mga oshirishga qaror qilgandi.
Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 22-iyun holati bo‘yicha bankning ustav kapitali 2 trln 120 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Ustav kapitalini 240 mlrd so‘mga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilingan kunda ham bankning ustav kapitali ayni shu miqdorda edi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda bankning sof foydasi 340 mlrd so‘mdan ko‘proqqa kamayib, 600 mln so‘mni tashkil etgan.
.jpg)