Openbank yagona aksiyador tasarrufiga o‘tdi

30.06.2026 07:20
O'zbekchaРусский
Openbank yagona aksiyador tasarrufiga o‘tdi. "Future Open Technology Group" AJ bankning 100 foiz oddiy aksiyalariga egalik huquqini qo‘lga kiritgani e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bank rahbariyati ushbu o‘zgarish to‘g‘risida aksiyadorlarni 2026-yil 29-iyun kuni rasman xabardor qilgan.
Openbank yagona aksiyador tasarrufiga o‘tdi

Foto: Yandex Maps

Korporativ axborot yagona portalida Openbank aksiyadorlik jamiyatiga oid muhim korporativ voqea yuzasidan rasmiy xabarnoma e’lon qilindi.

Portalda joylashtirilgan axborotga ko‘ra, 2026-yil 25-iyun kuni tuzilgan bitim natijasida “Future Open Technology Group” AJ bankning 100 foiz oddiy aksiyalariga egalik huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bank rahbariyati ushbu o‘zgarish to‘g‘risida aksiyadorlarni 2026-yil 29-iyun kuni rasman xabardor qilgan, portalda esa mazkur fakt 30-iyun kuni e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning boshida “Future Open Technology Group” AJ Smartbank aksiyalarining 90,2 foizini 451 mlrd so‘mga sotib olgandi.

Sentyabr oyiga kelib esa bank rebrending qilinib, uning nomi Openbank deb o‘zgartirilgan edi.

Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra, mazkur kompaniya hozirda bank aksiyalarining 85,1 foiziga egalik qiladi.

Manba: stat.uz

Ma’lumot uchun, Future Open Technology Group o‘z faoliyatini Agrobank bilan hamkorlikda Open muddatli to‘lov kartasini joriy etishdan boshlagan. Hozirda guruhning Open Market hamda Open Biznes platformalari ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 15-iyun kuni Agrobank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Yig‘ilishda aksiyadorlar Openbank aksiyalarini qonunchilikda belgilangan tartibda sotib olish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Buning uchun bank tomonidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani va uning ijrosini ta’minlash bank boshqaruvi zimmasiga yuklatilgani ma’lum qilingan edi.

#open_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan