2026-yilning iyun oyida O‘zbekistonda oltin quymalari narxida asosan tushish kuzatildi.
Oy davomida eng yuqori va eng past narx o‘rtasidagi farq 5,32 foizni tashkil etdi.
Oy boshida bir gramm oltin quymasining narxi 1 mln 938 ming so‘mni tashkil etgan edi.

01.06.2026 / Manba: Markaziy bank
2-iyun holatiga ko‘ra, mazkur narx 1 mln 939 ming so‘mga yetib, oy davomida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

02.06.2026 / Manba: Markaziy bank
Undan keyingi kunlarda esa oltin quymalari narxlarida asosan pasayish kuzatildi.
Natijada 26-iyun holatiga kelib, bir gramm oltin quymasi narxi 1 mln 841 ming so‘mni tashkil etdi va bu oy uchun eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

26.06.2026 / Manba: Markaziy bank
Oyning oxiriga, ya’ni 30-iyun holatiga kelib esa bir gramm quyma narxi 1 mln 848 ming so‘mni tashkil qildi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda oltin quyma narxlari so‘nggi to‘rt oydan buyon pasaymoqda.
3-mart sanasida bir gramm oltin quymasi narxi 2 mln 173 ming so‘mni tashkil etib, rekord qayd etilgan edi.

03.03.2026 / Manba: Markaziy bank
Undan keyingi davrda narxlar asosan pasayishda davom etmoqda. Pasayish shuningdek, jahon bozorida ham kuzatilmoqda.
Jumladan, iyun oyida jahon bozorida oltinning bir troy unsiyasi ilk bor 4 ming dollardan pasaydi.
Biroq, shunga qaramay, oltin narxlari o‘tgan yilgiga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
Xususan, 30-iyun holatiga ko‘ra quyma narxi o‘tgan yilning mos davridagi narx bilan taqqoslaganda 35 foizga yuqori bo‘lib turibdi.
Biroq quymalarning sotish va sotib olish narxlari o‘rtasidagi farq oshib borib, qariyb 15 foizga yetgan. Bu haqda avvalroq batafsil yozgandik.
