Ipak Yuli Bank aksiyadorlari islomiy bank faoliyatini joriy etishni tasdiqladi

03.07.2026 06:41
O'zbekchaРусский
2026-yil 29-iyun kuni Ipak Yuli Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, aksiyadorlar bankda islomiy bank faoliyatini joriy etishni bir ovozdan ma’qulladi. Mazkur masala kun tartibining alohida bandi sifatida ko‘rib chiqilgan.
Ipak Yuli Bank aksiyadorlari islomiy bank faoliyatini joriy etishni tasdiqladi

Foto: Yandex Maps

29-iyun kuni Ipak Yuli Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bank faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, aksiyadorlar bankda islomiy bank faoliyatini joriy etishni bir ovozdan ma’qulladi.

Mazkur masala kun tartibining alohida bandi sifatida ko‘rib chiqilib, ovoz berish natijalariga ko‘ra aksiyadorlarning 100 foiz qo‘llab-quvvatlashi bilan tasdiqlangan.

Ushbu qaror bankning shariat tamoyillariga mos moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda mijozlarga muqobil bank mahsulotlarini taklif etish yo‘lidagi muhim qadami hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil 28-iyunda O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirgan.

Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish faoliyatini yuritishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Umidjon Hakimov Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.

2018-yil yanvaridan buyon bankni boshqarib kelgan Saidabror Saidahmedov esa boshqa lavozimga o‘tgandi.

#ipak_yuli_bank#islomiy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan