Iyun oyida narxlar qanday o‘zgardi?

06.07.2026 07:31
O'zbekchaРусский
2026-yilning may oyida oylik inflyatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi. Narxlarning oshishiga iyun oyida elektr va gaz narxlarining ko‘tarilishi ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab mavsumiy oziq-ovqat tovarlarida esa pasayish kuzatildi.
Iyun oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Foto: KEYSTONE

2026-yil iyun oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 6,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Taqqoslash uchun, may oyida bu ko‘rsatkich 5,5 foizga, o‘tgan yilning iyun oyida esa 8,7 foizga teng bo‘lgandi.

Iyun oyidagi oylik inflatsiya darajasi esa (may oyiga nisbatan) 0,6 foizga teng bo‘ldi.

Iqtisodchi Otabek Xolboyevga ko‘ra, iyun odatda qator mavsumiy tovarlar narxi pasayishi kuzatiladigan oydir.

Xususan, 2025-yilning iyun oyida narxlar 0,2 foizga pasaygan edi. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-iyundan O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz narxlari oshirildi.

Bu esa o‘z navbatida, metan, propan, shuningdek, taksi xizmatlari narxining oshishiga olib keldi. Jumladan, iyun oyida metan narxi 8,8 foizga oshgan.

  • Ko‘mir — (+110%)
  • Propan — (+11,3%)
  • Tarmoq gazi — (+10,7%)
  • Elektr energiyasi — (+9,6%)
  • Metan — (+8,8%)
  • Benzin (o‘rtacha) — (+3,9%)
  • Chiqindi olib ketish (Jizzax) — (+1,8%)
  • Taksi xizmati — (+1,3%)
  • Temiryo‘l chiptasi — (-0,3%)
  • Aviaqatnovlar — (-0,6%)

Taksi xizmatlari o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan esa 6,2 foizga oshgan.

  • Ko‘mir — (+110%)
  • Propan — (+41,1%)
  • Chiqindi olib ketish (Jizzax) — (+29,2%)
  • Benzin (o‘rtacha) — (+16,7%)
  • Tarmoq gazi — (+10,7%)
  • Metan — (+10,1%)
  • Elektr energiyasi — (+9,6%)
  • Temiryo‘l yo‘l haqi — (+7,8%)
  • Taksi xizmati — (+6,2%)
  • Aviaqatnovlar — (-7,8%)

Iyun oyida mavsumiy bo‘lgan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida pasayish kuzatilgan.

Jumladan, baqlajon 46,4 foizga arzonlagan, shuningdek, pomidor narxi 38,3 foizga tushgan.

  • Sabzi — (+6,5%)
  • Piyoz — (+3,6%)
  • Guruch — (+2,3%)
  • Grechka — (+1,2%)
  • Pasterizatsiya qilingan sut — (+1,2%)
  • Shakar — (+1,0%)
  • Qo‘y go‘shti — (+1,0%)
  • Suyaksiz mol go‘shti — (+1,0%)
  • Tuxum — (+0,8%)
  • Baliq — (+0,7%)
  • Ko‘katlar — (-4,4%)
  • Karam — (-5,6%)
  • Banan — (-5,9%)
  • Kartoshka — (-12,8%)
  • Sarimsoqpiyoz — (-13,5%)
  • Uzum — (-18,7%)
  • Bodiring — (-25,0%)
  • Tarvuz — (-26,3%)
  • Bulg‘or qalampiri — (-31,4%)
  • Pomidor — (-38,3%)
  • Baqlajon — (-46,6%)

Shu bilan birga, bodring narxi 25 foizga pasaygan. Biroq shunga qaramay, bodring narxi o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 53,8 foiz yuqori bo‘lib turibdi.

Oziq-ovqat narxlari o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan quyidagicha o‘zgargan:

  • Bodring — (+53,8%)
  • Karam — (+24,0%)
  • Qo‘y go‘shti — (+23,1%)
  • Mol go‘shti — (+20,6%)
  • Tuxum — (+16,2%)
  • Bulg‘or qalampiri — (+12,8%)
  • Baliq — (+7,6%)
  • Banan — (+6,9%)
  • Pasterizatsiya qilingan sut — (+6,2%)
  • Kartoshka — (+6,2%)
  • Grechka — (+6,0%)
  • Ko‘katlar — (+3,1%)
  • Shakar — (+1,5%)
  • Uzum — (-3,1%)
  • Pomidor — (-4,3%)
  • Guruch — (-11,9%)
  • Piyoz — (-19,3%)
  • Baqlajon — (-19,7%)
  • Tarvuz — (-20,8%)
  • Sarimsoqpiyoz — (-24,6%)
  • Sabzi — (-25,0%)

Avvalroq, may oyida iste’mol savatchasidagi mahsulot va xizmatlar narxi qanday o‘zgargani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

#narxlar_inflatsiya#iyun

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan