InFinBank ustav kapitali 800 mlrd so‘mga oshirilmoqda

07.07.2026 08:40
O'zbekchaРусский
24-iyun kuni InFinBank kuzatuv kengashi yig‘ilishida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali bank ustav kapitalini 800 mlrd so‘mga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jarayon yakunlangach, bank ustav kapitali 2 trln 240 mlrd so‘mga yetadi.
InFinBank ustav kapitali 800 mlrd so‘mga oshirilmoqda

Foto: InFinBank

24-iyun kuni InFinBank kuzatuv kengashi yig‘ilishida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali bank ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bank ustav kapitali 800 mlrd so‘mga oshirilib, 1 trln 440 mlrd so‘mdan 2 trln 240 mlrd so‘mga yetkaziladi. 

Buning uchun nominal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 800 mln dona oddiy, egasining nomi yozilgan hujjatsiz qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi belgilangan.

Qo‘shimcha aksiyalar amaldagi aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etilgan holda, yopiq obuna orqali joylashtiriladi.

Qarorga muvofiq, aksiyalar quyidagi investorlar o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilgan:

  • Farxod Mamajonov
  • Parviz Abdusamadov
  • "Prestij Rielt" MChJ XK
  • "Azia Trans Terminal" MChJ
  • "Uztex Tashkent" MChJ

Aksiyalar vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 365 kun ichida joylashtirilishi belgilangan.

Avvalroq, InFinBank asosiy aksiyadori Farhod Mamajonov aviakompaniya ochayotgani ma’lum bo‘lgandi.

#infinbank#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan