UzAuto Motors kompaniyasi yangi Chevrolet Suburban High Country avtomobilining sotuvi boshlanganini e’lon qildi.
Uning chakana narxi 1 mlrd 485 mln so‘m etib belgilangan. Bu UzAuto Motors tomonidan taqdim etilgan eng qimmat avtomobil sanaladi.
Narxi bo‘yicha unga eng yaqin model Tahoe High Country bo‘lib, uning chakana narxi 1 mlrd 464 mln so‘m etib belgilangan.
Chevrolet.com saytida Suburban High Country modelning narxi 83 700 dollardan (1 mlrd so'm) boshlanishi ko‘rsatilgan. Bu O‘zbekiston uchun belgilangan narxdan 48 foizga pastroqdir.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Chevrolet avtomobillarining bozordagi ulushi pasayib bormoqda.
UzAuto Motors 2026-yilning dastlabki besh oyida 114 757 ta avtomobil sotgan.
Shunga qaramay, kompaniyaning bozordagi ulushi so‘nggi bir yil ichida 82 foizdan 78 foizgacha kamaygan.
Sotilgan avtomobillarning asosiy qismini Cobalt, Damas, Tracker, Onix va Labo kabi hamyonbop modellar tashkil etgan.
Ularni hisobga olmaganda, UzAuto Motors boshqa modellaridan atigi 890 dona sota olgan.
Bu esa kompaniyaning premium toifadagi avtomobillariga qiziqish kamayib borayotganini ko‘rsatadi.
Suburban High Country haqida
Chevrolet Suburban High Country 6,2 litrli V8 benzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 420 ot kuchi quvvatiga ega.

Foto: UzAuto Motors
Avtomobil 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘liq uzatma (4WD) tizimi bilan ta’minlangan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Model 7 o‘rindiqli bo‘lib, uning uzunligi 5,75 metrni tashkil etadi. Keng saloni va katta yukxonasi tufayli u katta oilalar hamda uzoq safarlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: UzAuto Motors
Avtomobil 17,7 dyuymli multimedia ekrani, 11 dyuymli raqamli asboblar paneli va old oynaga ma’lumotlarni aks ettiruvchi proyeksion displey bilan jihozlangan.

Foto: UzAuto Motors
Xavfsizlik tizimlari qatoridan avtomatik favqulodda tormozlash, piyodalarni aniqlash, harakatlanish yo‘lagida ushlab turish, ko‘rinmas zonalarni kuzatish, shuningdek, avtomobil barqarorligini nazorat qilish tizimlari o‘rin olgan.
