InFinBank o‘zining mikromoliya tashkilotini 2,6 mlrd so‘mga sotdi

13.07.2026 16:11
O'zbekchaРусский
InFinBank Flash Money Finance mikromoliya tashkilotini o‘z Kuzatuv kengashi a’zosi Zikirillo Abdullayevga 2 mlrd 557 mln so‘mga sotdi. Shu munosabat bilan tashkilot 9-iyul kuni bankning affillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi.
InFinBank o‘zining mikromoliya tashkilotini 2,6 mlrd so‘mga sotdi

Foto: InFinBank

InFinBank Flash Money Finance mikromoliya tashkilotini sotdi. Bu bo‘yicha Korporativ axborot yagona portalida muhim fakt e’lon qilindi

Unga ko‘ra, bank Flash Money Finance mikromoliya tashkilotini o‘z Kuzatuv kengashi a’zosi Zikirillo Sagdullayevich Abdullayevga 2 mlrd 557 mln so‘mga sotgan. 

Shu munosabat bilan tashkilot 9-iyul kuni bankning affillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilgan.

Ochiq manbalarga ko‘ra, “Flash Money Finance” MChJ 2024-yil oktyabr oyida InFinBank tomonidan ta’sis etilgan. 

2025-yil yanvarida esa mikromoliya faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan litsenziya olgan.

Ochiq ma’lumotlarda tashkilotning ustav kapitali 5 mlrd so‘mni tashkil etishi ko‘rsatilgan. 

Manba: stat.uz

2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mikromoliya tashkilotining kredit portfeli 12,5 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 2,6 mlrd so‘mi yoki 20,9 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Eslatib o‘tamiz, 7-may kuni InFinBank asosiy aksiyadori Farhod Mamajonov ta’sischiligida Safo Airlines qo‘shma korxonasi tashkil etilgandi

Korxona havo transporti sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

#flash_money_finance

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan