Orient Finans Bank ustav kapitali 884 mlrd so‘mga oshirilmoqda

15.07.2026 11:44
O'zbekchaРусский
Orient Finans Bank kuzatuv kengashi yig‘ilishida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali bankning ustav kapitalini 884 mlrd so‘mga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Buning uchun bank nominal qiymati 1250 so‘m bo‘lgan qariyb 708 mln dona oddiy aksiya chiqaradi.
Orient Finans Bank ustav kapitali 884 mlrd so‘mga oshirilmoqda

Foto: Yandex Maps

15-iyul kuni Orient Finans Bank kuzatuv kengashi yig‘ilishida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali bankning ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan qarorga ko‘ra, buning uchun bank nominal qiymati 1250 so‘m bo‘lgan 707 mln 76 ming 685 dona oddiy aksiya chiqaradi.

Chiqariladigan aksiyalar bankning quyidagi aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi:

  • Saken Po‘latov — 404 127 226 dona
  • Sitora Ahmedjanova — 197 991 742 dona
  • Techexpertmash MChJ — 78 704 046 dona
  • Metrafor MChJ — 26 253 671 dona

Aksiyalarni joylashtirish muddati vakolatli davlat organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan boshlab 365 kun etib belgilangan.

Jarayon muvaffaqiyatli yakunlangach, bankning ustav kapitali miqdori 883,8 mlrd so‘mga ko‘payib, 3 trln 584 mlrd so‘mga yetadi.

Ma’lumot uchun, Orient Finans Bank 2025-yilda 1 trln 44 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan.

#orient_finans_bank#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan