ANORBANK uch yil davomida dividend to‘lamaslikka qaror qildi

17.07.2026 10:11
O'zbekchaРусский
ANORBANK aksiyadorlari kapitalning yetarli darajasini saqlab turish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda bankning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida 2025, 2026 va 2027-moliya yillari yakunlarida bank aksiyalari bo‘yicha dividend to‘lamaslikka qaror qildi.
ANORBANK uch yil davomida dividend to‘lamaslikka qaror qildi

Foto: ANORBANK

30-iyun kuni ANORBANK aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aksiyadorlar bankning kelgusi faoliyati bilan bog‘liq bir qator muhim qarorlarni qabul qildi.

Jumladan, bank aksiyalari bo‘yicha 2025, 2026 va 2027-moliya yillari yakunlarida dividend to‘lamaslikka qaror qilindi.

Dividend to‘lamaslik qarori kapitalning yetarli darajasini saqlab turish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda bankning barqaror faoliyatini ta’minlash zarurati bilan izohlangan.

Shuningdek, yig‘ilishda bankning 2025-yil yakunlariga doir yillik hisoboti, moliyaviy hisobotlari va auditorlik xulosasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydaning 15,14 mlrd so‘mi bankning umumiy maqsadli zaxira fondini shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Qolgan mablag‘ esa taqsimlanmagan foyda sifatida qoldiriladi. Bundan tashqari, Sherzod Akramov uch yil muddatga ANORBANK boshqaruv raisi etib qayta saylandi.

Eslatib o‘tamiz, ANORBANK umumiy qiymati 200 mlrd so‘m bo‘lgan o‘zining ikkinchi korporativ obligatsiyalarini chiqarmoqda.

#ANORBANK#dividend

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan