Markaziy bank iyun oyida 21 ta bankni jarimaga tortdi

20.07.2026 12:10
O'zbekchaРусский
Markaziy bank iyun oyida 21 ta bankni jarimaga tortdi. Bunga qonunchilik talablari buzilgani hamda inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab bo‘lgan.
Markaziy bank iyun oyida 21 ta bankni jarimaga tortdi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yilning iyun oyida ko‘rib chiqqan masalalari yuzasidan axborot berdi.

Unga ko‘ra, ushbu oyda 21 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

Bunga mazkur muassasalar tomonidan qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida kamchiliklar aniqlangani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan belgilangan moliyaviy me’yorlarga rioya qilmagani hamda faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirmagani uchun 23 ta bank ogohlantirilgan.

Shu bilan birga, qo‘mita mazkur oyda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq 4 ta masalani ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi.

Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi 20 dan ortiq bank va mikromoliya tashkilotini jarimaga tortgandi.

Bunga moliyaviy xizmatlar reklamalarida foiz stavkalari, qo‘shimcha to‘lovlar va boshqa muhim shartlarning to‘liq oshkor etilmagani hamda iste’molchilarni chalg‘ituvchi holatlar aniqlangani sabab bo‘lgan.

#markaziy_bank#iyun

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan