Akmal Bakiyev ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

23.07.2026 11:48
O'zbekchaРусский
Akmal Akramovich Bakiyev ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bakiyev tayinlovga qadar mazkur bankning boshqaruvchi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Akmal Bakiyev ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Foto: ANORBANK

Akmal Bakiyev ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashi majlisi qaroridan olingan ko‘chirmada qayd etilgan.

Unga ko‘ra, Bakiyevning nomzodi Markaziy bank tomonidan ma’qullanishi lozim. Shundan so‘ng u o‘z lavozim vazifalarini bajarishga kirishadi.

Bakiyev ushbu tayinlovga qadar mazkur bankning boshqaruvchi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Uning LinkedIn sahifasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2002-yilda Toshkent moliya institutining Bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda Ipoteka-bankda boshlagan. Shuningdek, faoliyati davomida KDB Bank Uzbekistan, Ipak Yuli Banklarida turli lavozimlarda ishlagan.

Bakiyev 2025-yil may oyida ANORBANK boshqaruv raisining maslahatchisi etib tayinlangan. Shu yilning iyun oyidan bankning Riskni boshqarish departamenti direktori, 2026-yil yanvar oyidan esa ANORBANK boshqaruvchi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, Bakiyev 2025-yil dekabr oyidan buyon Kapital Sug‘urta kompaniyasi Kuzatuv kengashining a’zosi ham hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, ANORBANK boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Malik Avazov iyun oyi boshida Mikrokreditbank boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangandi.

#ANORBANK#tayinlov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan