Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi

12.06.2026 13:39
O'zbekchaРусский
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi. U bunga qadar ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni prezident qarori bilan Orif Butayev qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi

Malik Avazov / Foto: ANORBANK

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda bir qator manbalar, xususan, Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanali xabar bermoqda.

12-may kuni prezident qarori bilan Orif Butayev Mikrokreditbank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilib, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Butayev bankni 2020-yildan buyon boshqarib kelgan. Uning o‘rniga bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarish Ikrom Jumaniyozov zimmasiga yuklatilgandi.

Jumaniyozov bankda 2022-yildan buyon boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Malik Avazov haqida

Avazov Malik Abduaxatovich 1979-yilda tug‘ilgan. 2000-yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi — iqtisodiyot. Mehnat faoliyatini 2001-yildan boshlagan.

Tayinlovga qadar joriy yilning mart oyidan buyon ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan avval esa 2019-yilning noyabridan buyon Ipak Yuli Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2026-yilning 6-mart sanasida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilingandi.

Avazov mazkur lavozimda bankning ichki boshqaruv va ma’muriy jarayonlariga mas’ul bo‘lgan.

Ungacha ham ushbu bankning Yakkasaroy filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Mikrokreditbank O‘zbekistondagi to‘qqizta davlat bankidan biri hisoblanadi.

Uning aktivlari 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra 33 trln so‘mni tashkil etmoqda. Kredit portfeli esa 21,8 trln so‘mga yetgan.

Portfeldagi muammoli kreditlar ulushi 1-may holatiga ko‘ra 4,4 foizga yetib, davlat banklari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

#mikrokreditbank#malik_avazov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar