Paynet to‘lov tashkiloti 2026-yilning birinchi yarmida 615 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu haqda kompaniyaning yarim yillik moliyaviy hisobotida keltirilgan.
Tashkilot sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 415 mlrd so‘mga yoki 3 barobarga oshgan.
Daromadi esa 386 mlrd so‘mga ko‘payib, 1 trln 142 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shu davrda kompaniya xarajatlari ham oshgan.

Infografika: tanga.uz
Jumladan, ma’muriy xarajatlar 10 mlrd so‘mga ko‘payib, 41 mlrd so‘mga yetgan. Sotish bilan bog‘liq xarajatlar esa 199 mlrd so‘mga ortib, 613 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Yarim yil ichida kompaniya sof foydasining bunday o‘sishiga uning asosiy faoliyatdan tashqari daromadlari ham hissa qo‘shgan.
Kompaniya ushbu davrda dividendlar shaklida 321 mlrd so‘m daromad olgan. Bu hisobga olinmaganda, tashkilotning ushbu yarim yillik sof foydasi 294 mlrd so‘mga teng bo‘ladi.
Avvalroq, Payme to‘lov tashkiloti 2026-yilning birinchi yarmida 206 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgani ma’lum bo‘lgandi.
.jpg)