HUMO to‘lov tizimi yarim yilda 411 mlrd so‘m sof foyda oldi

01.08.2026 05:55
O'zbekchaРусский
HUMO to‘lov tizimi 2026-yilning birinchi yarmida 411 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. To‘lov tizimining sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 287 mlrd so‘mga yoki 3,3 barobarga ko‘paygan.
HUMO to‘lov tizimi yarim yilda 411 mlrd so‘m sof foyda oldi

Foto: HUMO

HUMO to‘lov tizimi 2026-yilning birinchi yarmida 411 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu haqda kompaniyaning yarim yillik moliyaviy hisobotida ma’lum qilingan.

To‘lov tizimining sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 287 mlrd so‘mga yoki 3,3 barobarga ko‘paygan.

Kompaniya daromadi ham qariyb 3 barobarga ortib, 664 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Infografika: tanga.uz

Solishtirish uchun, UZCARD to‘lov tizimi ushbu davrda 1,33 trln so‘m daromad olib, 1,15 trln so‘m sof foyda ko‘rgan.

2026-yilning birinchi yarmida HUMO to‘lov tizimining xarajatlari ham sezilarli darajada oshgan.

Jumladan, o‘tgan yilning mos davrida sotish xarajatlari 940 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich 23 mlrd so‘mga yetgan.

Shuningdek, ma’muriy xarajatlar ham 4 barobarga oshib, 76 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Umuman olganda, HUMO to‘lov tizimining ushbu davrdagi operatsion xarajatlari 125 mlrd so‘mni tashkil etgan (o‘tgan yilning mos davrida 32 mlrd so‘m edi).

Kompaniya hisobot davrida 38 mlrd so‘m foyda solig‘i to‘lagan (o‘tgan yilning mos davrida 14 mlrd so‘m bo‘lgan).

Ma’lumot uchun, Milliy banklararo protsessing markazi — HUMO to‘lov tizimi 2019-yilning aprel oyida tashkil etilgan.

2025-yilning yanvar oyida to‘lov tizimi Paynet kompaniyasi tomonidan 65 mln dollarga xususiylashtirilgan. Hozirda Paynet to‘lov tashkiloti to‘lov tizimining yagona aksiyadori hisoblanadi.

#humo#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan