Iyul oyida narxlar qanday o‘zgardi?

05.08.2026 17:34
O'zbekchaРусский
2026-yilning iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari arzonladi. Eng katta pasayish meva va sabzavotlar narxlarida kuzatildi. Yoqilg‘i narxlari, jumladan, benzin, propan, shuningdek, metan narxlari esa bu oyda qimmatlagan.
Iyul oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Foto: Getty Images

2026-yilning iyul oyida O‘zbekistonda 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun, deflyatsiya – bu inflyatsiyaning aksi bo‘lib, tovar va xizmatlar narxi darajasining pasayishi hamda pulning xarid qobiliyati oshishini bildiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichdir.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, narxlarning pasayishiga asosan meva va sabzavotlarning mavsumiy arzonlashuvi sabab bo‘lgan.

Meva va sabzavotlar narxi inobatga olinmaganda esa, ushbu oyda 0,4 foizlik inflyatsiya qayd etilgan.

Yillik hisobda esa iyul oyida 6,4 foizlik inflyatsiya kuzatilgan. Iyun oyida ham bu ko‘rsatkich 6,4 foiz edi.

Infografika: Markaziy bank

Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida asosan pasayish kuzatilgan. Jumladan, baqlajon narxi bir oyda 42,8 foizga arzonlagan.

Oziq-ovqat mahsulotlari

  • Sabzi — (+12,6%)
  • Guruch — (+5,9%)
  • Piyoz — (+1,7%)
  • Shakar — (+0,8%)
  • Sut — (+0,8%)
  • Suyaksiz mol go‘shti — (+0,6%)
  • Un — (+0,5%)
  • Qo‘y go‘shti — (+0,4%)
  • Paxta yog‘i — (+0,4%)
  • Parranda go‘shti — (+0,4%)
  • Suyakli mol go‘shti — (-0,1%)
  • Tuxum — (-5,0%)
  • Sarimsoq — (-10,0%)
  • Shaftoli — (-10,6%)
  • Bodring — (-10,6%)
  • Qovun — (-14,5%)
  • Kartoshka — (-18,0%)
  • Tarvuz — (-20,3%)
  • Pomidor — (-24,0%)
  • Bulg‘or qalampiri — (-39,4%)
  • Baqlajon — (-42,8%)

Iyul oyida yoqilg‘i narxlarida esa o‘sish kuzatilgan. To‘rt turdagi benzin, propan, shuningdek, metan ham ushbu oyda qimmatlagan.

Transport va xizmatlar

  • Toshkentda avtobuslari yo‘l haqi — (+15,0%)
  • AI-98 benzini — (+10,0%)
  • AI-100 benzini — (+10,0%)
  • AI-95 benzini — (+8,5%)
  • AI-92 benzini — (+3,9%)
  • Chiqindilarni olib ketish — (+2,7%)
  • Propan — (+1,7%)
  • Shahar avtobuslari (respublika bo‘yicha o‘rtacha) — (+1,4%)
  • Turar joylarni ta'mirlash va qo‘riqlash xizmatlari — (+0,8%)
  • Ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish — (+0,6%)
  • Shaharlararo avtobus va boshqa avtomobil transporti — (+0,6%)
  • Temir yo‘l chiptalari — (+0,4%)
  • Ijara haqi — (+0,3%)
  • Metan — (+0,3%)
  • Xalqaro aviachipta — (+0,2%)
  • Ichki aviachipta — (-0,9%)

Avvalroq, iyun oyida O‘zbekistonda narxlar qanday o‘zgargani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

#narxlarning_o'zgarishi#inflatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan