O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyul oyida qariyb 600 mln dollarga ortdi

10.08.2026 10:48
O'zbekchaРусский
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari miqdori 64 mlrd 347 mln dollarni tashkil etmoqda. Rasmiy zaxiralar ketma-ket ikki oylik pasayishdan so‘ng, iyul oyida 590 mln dollarga ortgan.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyul oyida qariyb 600 mln dollarga ortdi

Foto: Pinterest

Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 590 mln dollarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari miqdori 64 mlrd 347 mln dollarni tashkil etmoqda.

Rasmiy zaxiralar ketma-ket ikki oylik pasayishdan so‘ng, iyul oyida 590 mln dollarga ortgan.

Bunda oy davomida jahon bozorida oltin narxining oshishi zaxiralarning ko‘payishiga 490 mln dollarlik hissa qo‘shgan.

Manba: Markaziy bank

Iyul oyida zaxiradagi oltinning fizik hajmi taxminan 930 kilogrammga kamayib, 430,8 tonnani tashkil etgan.

Shu bois, zaxiradagi oltinning umumiy qiymati 365 mln dollarga oshib, 56 mlrd 122 mln dollarga yetgan.

Bu O‘zbekistonning umumiy xalqaro zaxiralarining 87,2 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Qolgan qismi esa xorijiy valyutadagi zaxira aktivlaridir.

Iyul oyida zaxiradagi qimmatli qog‘ozlar miqdori 1,1 mlrd dollarga kamaygan. Naqd valyuta va depozitlar miqdori esa 1 mlrd 308 mln dollarga ortib, 5 mlrd 890 mln dollarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning 1-mart kuni O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 77 mlrd dollarga yetib, rekord qayd etilgandi.

Undan keyingi davrda oltin narxining tushishi hisobiga zaxiralar hajmi ham keskin kamaydi.

#oltin-valyuta#iyul

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan