Alif Holding O‘zbekistonda lizing kompaniya tashkil etdi

10.08.2026 12:33
O'zbekchaРусский
Alif Holding O‘zbekistonda moliyaviy lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Alif Fintech” MChJ xorijiy korxonasini tashkil etdi. Yangi korxona Alif to‘lov tashkiloti bilan bir manzilda ro‘yxatga olingan.
Alif Holding O‘zbekistonda lizing kompaniya tashkil etdi

Foto: Alif

Alif Holding O‘zbekistonda moliyaviy lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Alif Fintech” MChJ xorijiy korxonasini tashkil etdi. 

Korxona Alif Capital Holdings Limited tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, ustav kapitali 600 mln so‘m miqdorida shakllantirilgan.

Shu bois, yangi korxona 10-avgust kuni Alif to‘lov tashkilotining affillangan shaxslari ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: stat.uz

Yangi korxona Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, O‘qchi ko‘chasi, 3-uy manzilida ro‘yxatga olingan. Alif to‘lov tashkiloti ham ayni shu manzilda joylashgan.

Ochiq manbalarda yangi korxonaning rahbari sifatida Shirinbek Milikbekov ko‘rsatilgan. Milikbekov Alif Uzbekistan ekotizimining bosh yuridik xodimi hisoblanadi.

Alif haqida

Alif kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Tojikiston, Pokiston hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya 2020-yilning iyul oyida O‘zbekiston Markaziy bankidan to‘lov tashkiloti faoliyatini yuritish uchun litsenziya olgan.

Alif Capital Holdings Limited tomonidan O‘zbekistonda Alif to‘lov tashkiloti, Alif Moliya, Alif Sayohat hamda Alif IT korxonalari tashkil etilgan.

2025-yilning sentyabr oyida kompaniya O‘zbekistonda bank ochish uchun litsenziya olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

2026-yilning aprel oyiga kelib esa kompaniya O‘zbekistonda mikromoliya banki ochish uchun Markaziy bankka ariza taqdim etgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Alif to‘lov tashkilotinining boshqaruvchisi Alif Tech aksiyadorlik jamiyati 2025-yilda 173 mlrd so‘m sof tushum bilan 37 mlrd so‘m sof foyda olgan.

#alif#alif_uzbekistan

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan