Iskandar Tursunov AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlanadi

08.09.2026 08:30
O'zbekchaРусский
AloqaBank’da yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, unga Iskandar Umarjonovich Tursunov nomzodi ma’qullandi. Tayinlov Markaziy bank bilan kelishilganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.
Iskandar Tursunov AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlanadi

Foto: AloqaBank

Tursunov Iskandar Umarjonovich AloqaBank boshqaruv raisining yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanadi.

Bu haqda tegishli qaror bank kuzatuv kengashining 3-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.

Tursunov Iskandar Umarjonovich / Foto: Facebook

Yangi lavozim Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-iyul kuni yoshlar bilan ochiq muloqotda bergan topshirig‘i asosida joriy etildi.

Unga ko‘ra, AloqaBank boshqaruvida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini tashkil etish belgilangandi.

Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, Iskandar Tursunov ushbu lavozimga tayinlanishi bilan birga bank boshqaruv a’zoligiga ham saylandi.

Buning uchun bank boshqaruv tarkibidagi o‘rinlardan biri bo‘shatildi. Hujjatda AloqaBank boshqaruvi 7 nafar a’zodan iborat bo‘lishi qayd etilgan.

Shu sababli, boshqaruv a’zosi bo‘lib kelgan Tursunov Oltiboy Umirzakovichning vakolatlari muddatidan oldin tugatilib, uning o‘rniga Iskandar Tursunov kiritildi.

Iskandar Tursunov yangi lavozimga kirishishidan avval uning nomzodi Markaziy bank tomonidan ma’qullanishi lozim. Shundan so‘ng tayinlov rasman kuchga kiradi.

Avvalroq, AloqaBank yoshlar biznesi dasturi doirasida ustav kapitalini 854 mlrd so‘mga oshirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

#aloqabank#iskandar_tursunov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan