UzAuto Motors kompaniyasi O‘zbekistonda Chevrolet brendining ilk gibrid avtomobili — Equinox PHEV sotuvga chiqarilganini e’lon qildi.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Model Activ 80KM va Activ 120KM komplektatsiyalarida taqdim etilgan. Avtomobil tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlanib, ham elektr, ham benzin dvigatellarida harakatlanadi.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Activ 80KM komplektatsiyasi faqat elektr quvvatida 80 kilometrgacha, Activ 120KM esa 120 kilometrgacha masofa bosa olishi aytilmoqda.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
To‘liq quvvatlangan batareya va to‘ldirilgan yoqilg‘i baki bilan avtomobilning umumiy yurish masofasi 1 000 kilometrdan oshishi qayd etilgan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Model 1,5 litrli turbo benzin dvigateli, 188 ot kuchiga ega elektromotor va 2 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasi bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi komplektatsiyaga qarab 17 va 24 kilovatt soatni tashkil etadi.

Foto: UzAuto Motors
Avtomobilda xavfsizlikni ta’minlash uchun avtomatik tormozlash, harakatlanish bo‘lagini nazorat qilish va 360 darajali kamera kabi tizimlar mavjud.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Modelning ushbu versiyalari uchun tavsiya etilgan chakana narxlar quyidagicha belgilangan:
- Activ 80KM — 463 500 000 so‘m
- Activ 120KM — 478 500 000 so‘m
Ularning chakana narxini 10-sentyabr kungi amaldagi kurs bo‘yicha hisoblaganda quyidagicha bo‘ladi:
- Activ 80KM — 39 286 dollar
- Activ 120KM — 40 558 dollar
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors joriy yilning iyul oyida qariyb 1,5 mlrd so‘mlik Chevrolet Suburban High Country avtomobilini sotuvga chiqargandi.
