Markaziy bank valyuta kursini hisoblash tartibini o‘zgartiradi

10.09.2026 12:17
O'zbekchaРусский
Markaziy bank ichki valyuta bozorida ayirboshlash kursini shakllantirish va e’lon qilish amaliyotini takomillashtirmoqda. 15-sentybardan boshlab rasmiy valyuta almashuv kurslari faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham inobatga olgan holda hisoblanadi.
Markaziy bank valyuta kursini hisoblash tartibini o‘zgartiradi

Foto: Vladimir Tretyakov

Markaziy bank 15-sentyabrdan ichki valyuta bozorida ayirboshlash kursini shakllantirish va e’lon qilish amaliyotini takomillashtiradi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi metodologiyaga ko‘ra, rasmiy valyuta almashuv kurslari faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham inobatga olgan holda belgilanadi.

Regulyatorning ta’kidlashicha, yangi metodika ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengroq qamrab olish va rasmiy kursda bozorning joriy holatini aniqroq aks ettirish imkonini beradi.

Shuningdek, shanba va yakshanba dam olish kunlarida, oxirgi ish kuni yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan rasmiy valyuta kurslarini qo‘llash amaliyotiga o‘tiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston valyuta birjasida kunlik savdo sessiyasi 10-avgustdan 2 soatga uzaytirilib, soat 10:00 dan 17:00 gacha davom etishi belgilangandi.

#markaziy_bank#valyuta

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan