Davr Bank nazorat paketi Ozarbayjon bankiga sotilgach, uning kredit reytingi oshirildi

11.09.2026 15:08
O'zbekchaРусский
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Davr Bankning uzoq muddatli kredit reytingini “B” darajasidan “B+” darajasiga oshirdi. Bankning qisqa muddatli reytingi “B” darajasida qoldirildi, prognoz esa barqaror deb baholandi. Reytingning oshirilishiga Davr Bank nazorati Ozarbayjon Xalqaro bankiga o‘tgani asosiy omil bo‘lgan.
Davr Bank nazorat paketi Ozarbayjon bankiga sotilgach, uning kredit reytingi oshirildi

Foto: Yandex Maps

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Davr Bankning uzoq muddatli kredit reytingini “B” darajasidan “B+” darajasiga oshirdi.

Bankning qisqa muddatli reytingi “B” darajasida qoldirildi, prognoz esa barqaror deb baholandi. Bu haqda agentlik o‘z hisobotida ma’lum qilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, reytingning oshirilishiga Davr Bank nazorati Ozarbayjon Xalqaro bankiga (ABB) o‘tgani asosiy omil bo‘lgan.

Agentlik Davr Bankni Ozarbayjon Xalqaro banki uchun o‘rtacha darajada strategik ahamiyatga ega sho‘ba korxona deb hisoblab, zarurat tug‘ilganda uni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini qayd etgan.

S&P ma’lumotlariga ko‘ra, Davr Bank ABB aktivlarining 10-12 foizini tashkil qiladi. Agentlik yaqin bir yil ichida Davr Bank reytingi yana oshirilishi ehtimolini past baholagan.

Shu bilan birga, bankning daromadlilik ko‘rsatkichlari barqaror qolib, uning bozordagi ulushi va daromadlari barqarorligi oshsa, reytingni ko‘tarish masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Ozarbayjon Xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 51 foizini qariyb 140 mln dollarga sotib olgani ma’lum bo‘lgandi.

#davr_bank#abb

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan