Ozarbayjon Xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 51 foizini qariyb 140 mln dollarga sotib oldi

10.09.2026 16:03
O'zbekchaРусский
Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Davr Bank aksiyalarining 51 foizini qariyb 140 mln dollarga sotib oldi. Mazkur bitim Toshkent fond birjasida amalga oshirilgan. Davr Bank endilikda o‘z faoliyatini ABB Davr brendi ostida davom ettiradi.
Ozarbayjon Xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 51 foizini qariyb 140 mln dollarga sotib oldi

Foto: Shaxriyor Ismailxodjayev / Spot

Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Davr Bank aksiyalarining 51 foizini qariyb 140 mln dollarga sotib oldi. Mazkur bitim Toshkent fond birjasida amalga oshirilgan.

10-sentyabr kuni birjada bo‘lib o‘tgan savdolar natijasiga ko‘ra, bankning 51 mln dona aksiyasi 6 ta bitim orqali sotilgan.

Savdolar soat 13:39 dan 13:49 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilgan. Barcha bitimlarda bir dona aksiyaning narxi 32 281,28 so‘mga teng bo‘lgan.

Natijada bitimlarning umumiy qiymati 1 trln 646 mlrd so‘mni tashkil etdi. 10-sentyabr kuni uchun amaldagi rasmiy kurs (11 797,92 so‘m) bo‘yicha hisoblanganda, ushbu summa 139 mln 545 ming dollarga teng.

Eslatib o‘tamiz, 22-avgust kuni ABB banki boshqaruv raisi Abbos Ibragimov hamda Davr Bank ta’sischisi va Kuzatuv kengashi raisi Lutfulla Ubayev ABB tomonidan Davr Bank aksiyalarining asosiy nazorat paketini sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzolagan edi.

Endilikda Davr Bank o‘z faoliyatini ABB Davr brendi ostida davom ettirishi aytilgan. Avvalroq, Ozarbayjon Xalqaro banki haqida batafsil ma’lumot bergandik.

#abb#davr_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan