AKFA Londonda 300 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirmoqda

14.09.2026 09:16
O'zbekchaРусский
2026-yilning 2-oktyabr kuni Akfa Aluminium aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — kompaniyaning umumiy qiymati 300 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqarishini ma’qullash.
AKFA Londonda 300 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirmoqda

Foto: AKFA

2026-yilning 2-oktyabr kuni Akfa Aluminium AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida xabar berildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — kompaniyaning umumiy qiymati 300 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalarni (yevroobligatsiyalar) chiqarishini ma’qullash.

Rejaga ko‘ra, obligatsiyalar London fond birjasida listing qilinadi va besh yil muddat muomalada bo‘ladi. Shuningdek, ularni chiqarish va joylashtirish jarayoniga yetakchi banklarni tashkilotchi sifatida jalb qilish rejalashtirilgan.

Obligatsiyaning kupon stavkasi, har birining nominal qiymati kabi boshqa shartlari hozircha ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida Bloomberg nashri Akfa Aluminium kompaniyasi xalqaro obligatsiyalar chiqarish imkoniyatini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi.

Nashr o‘z xabarida kompaniyaning 13-iyuldan Londonda boshlanadigan ikki kunlik investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish uchun Citigroup hamda JPMorgan investitsiya banklarini tanlaganini qayd etgandi.

#akfa#xalqaro_obligatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan