Iyul oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 1 trln so‘mga ortdi — tahlil

15.09.2026 14:02
O'zbekchaРусский
Iyul oyida banklarning muammoli kreditlari 986 mlrd so‘mga ortib, 23 trln 929 mlrd so‘mga yetdi. Muammoli kreditlar oshishida Mikrokreditbank (+485 mlrd so‘m) hamda Kapitalbank (+382 mlrd so‘m) eng ko‘p hissa qo‘shgan.
Iyul oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 1 trln so‘mga ortdi — tahlil

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Iyul oyida banklarning muammoli kreditlari 986 mlrd so‘mga ortdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli 644 trln 637 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 23 trln 929 mlrd so‘mi yoki 3,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Markaziy bank

Davlat banklari

1-avgust holatiga ko‘ra, davlat banklarining kredit portfeli 421 trln 937 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 16 trln 802 mlrd so‘mi yoki 4 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Iyul oyida davlat banklarining muammoli kreditlari 356 mlrd so‘mga ortgan. Davlat banklarida muammoli kreditlar hajmining oshishi asosan Mikrokreditbank bilan bog‘liq.

Iyul oyida bankning muammoli kreditlari 485 mlrd so‘mga ko‘paygan. Bu davlat banklari bo‘yicha qayd etilgan umumiy 356 mlrd so‘mlik o‘sishdan ham yuqoridir.

Shuningdek, Biznesni Rivojlantirish Banki (+45 mlrd so‘m) hamda AloqaBank (+23 mlrd so‘m) muammoli kreditlari ham oshgan.

Asakabank (-98 mlrd so‘m), SQB (-77 mlrd so‘m), O‘zmilliybank (-11 mlrd so‘m) hamda Agrobank (-7 mlrd so‘m) ushbu oyda muammoli kreditlarini kamaytirishga erishgan.

Boshqa banklar

1-avgust holatiga ko‘ra, xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning kredit portfeli 222 trln 700 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Shundan 7 trln 127 mlrd so‘mi yoki 3,2 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Iyul oyida ushbu banklarning muammoli kreditlari 630 mlrd so‘mga ortgan.

Ushbu o‘sishga eng ko‘p Kapitalbank hissa qo‘shgan. Ushbu oyda bankning muammoli kreditlari hajmi 382 mlrd so‘mga ko‘payib, 1 trln 204 mlrd so‘mga yetgan.

Shuningdek, Anorbank (+46 mlrd so‘m), Ziraat Bank (+40 mlrd so‘m), Hayot Bank (+45 mlrd so‘m) va Asia Alliance Bank (+40 mlrd so‘m) muammoli kreditlari ham oshgan.

Ipak Yo‘li Banki esa ushbu oyda muammoli kreditlarini (-72 mlrd so‘m) sezilarli darajada kamaytirishga erishgan.

Qolgan banklarning kredit portfelida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, yilning birinchi yarmida banklarning muammoli kreditlari qariyb 5 trln so‘mga ortgan edi.

#npl#iyul

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan