Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

30.09.2026 09:08
O'zbekchaРусский
2025-yil fevral oyidan buyon Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan Zohidjon Obidovning ushbu lavozimdagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.
Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Zohidjon Obidov / Foto: Turonbank

Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Zohidjon Obidovning ushbu lavozimdagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Portalda joylashtirilgan axborotga ko‘ra, Obidov ushbu lavozimni o‘z arizasiga asosan tark etmoqda. U mazkur lavozimda 2025-yilning fevral oyidan buyon ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mikrokreditbank boshqaruv raisi o‘rinbosarlaridan biri Sodir Melibayev ham lavozimidan ozod etilgan edi.

Mustaqil manbalarning ma’lum qilishicha, davlat banklarida bittadan boshqaruv raisi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etilmoqda. Qolgan davlat banklarida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Obidov Zohidjon Sidiqovich 1985-yil 11-yanvarda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.

2005-yilda Farg‘ona politexnika institutining bakalavriat bosqichini, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan. Bank tizimida 2006-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

#zohidjon_obidov#turonbank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan