Regulyator banklarga omonatchilar huquqlarini cheklovchi shartlarni olib tashlash talabini qo‘ydi

02.10.2026 17:18
O'zbekchaРусский
Markaziy bank ayrim banklarning omonat shartnomalarida mijozlarning mablag‘larini muddatidan oldin qaytarib olish huquqini cheklovchi bandlar borligini aniqladi. Regulyator bunday shartlarni qayta ko‘rib chiqib, qonunchilikka zid bandlarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha banklarga talab qo‘ydi.
Regulyator banklarga omonatchilar huquqlarini cheklovchi shartlarni olib tashlash talabini qo‘ydi

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank tijorat banklaridan omonat shartnomalarini qayta ko‘rib chiqishni va mijozlarning huquqlarini cheklovchi shartlarni zudlik bilan olib tashlash talabini qo‘ydi. 

Ma’lum qilinishicha, banklarning omonat mahsulotlari bo‘yicha shartnomalari o‘rganilganda, ayrim banklarda mijozning o‘z mablag‘larini qaytarib olish huquqini cheklashi mumkin bo‘lgan shartlar mavjudligi aniqlangan.

Xususan, ayrim shartnomalarda ommaviy tartibsizliklar, mitinglar, ko‘cha namoyishlari, bosqinchilik holatlari yoki bankning to‘lovga qobiliyatsizligi sababli omonatni muddatidan oldin qaytarish uchun bank javobgar bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, omonat turidan qat’i nazar, bank omonatchining talabi bilan omonat summasini yoki uning bir qismini qaytarishi shart. Shuningdek, iste’molchi huquqlarini cheklaydigan hamda qonunchilikka zid shartlar haqiqiy hisoblanmaydi — deyiladi xabarda.

Regulyator shu munosabat bilan banklardan mavjud omonat shartnomalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishni, mijoz huquqlarini cheklovchi va qonunchilikka zid bandlarni aniqlash hamda bunday holatlarni zudlik bilan bartaraf etishni talab qildi.

Avvalroq, Markaziy bank AVO Bank mijozining bloklangan omonati yuzasidan izoh bergandi.

#omonat#markaziy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan