Chirchiqda bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonatga qo‘ygan pulini o‘zlashtirgani aniqlandi

08.10.2026 14:10
O'zbekchaРусский
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tijorat banklaridan birining (nomi oshkor etilmagan) bank xizmatlari markazi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan 1,3 mlrd so‘m mablag‘ini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlandi.
Chirchiqda bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonatga qo‘ygan pulini o‘zlashtirgani aniqlandi

Foto: Caveau

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tijorat banklaridan birining (nomi oshkor etilmagan) bank xizmatlari markazi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan mablag‘ini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, bank mas’uli 13 nafar fuqarodan omonatga qabul qilingan 1,3 mlrd so‘m mablag‘ni kassaga kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Omonatchilarning hisobvaraqlariga esa pullar go‘yoki kirim qilingani haqida soxta ma’lumotlar kiritgan.

Departamentning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida bank mas’ullari fuqaroning omonatga qo‘ygan 500 ming dollar mablag‘idan 300 ming dollarini soxta hujjatlar orqali o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘lgandi.

#omonat#bank_jinoyat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan