Anorbank asosiy aksiyadori Qahramonjon Olimov bankning kuzatuv kengashidan chiqishga qaror qildi.
Bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Olimov 2-oktyabr kun kengash tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza bergan.
Mazkur masala 28-oktyabr kuni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramonjon Olimov Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgandi.
Anorbank matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bank ayni paytda odatdagi rejimda faoliyat yuritmoqda.
Bank odatdagi rejimda faoliyat yuritishda, mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishda va barcha asosiy bank xizmatlarining ishlashini ta’minlashda davom etmoqda — deyiladi bank xabarida.
Avvalroq Anorbank matbuot xizmati bank aksiyadori bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirib, bank odatdagi rejimda faoliyat yuritayotganini ma’lum qilgandi.
