Ipak Yuli Banki mikromoliya sektoriga kirmoqda

13.10.2026 15:30
O'zbekchaРусский
2-oktyabr kuni Ipak Yuli Banki o‘zining Ipak Yuli Finance mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yangi tashkilotning ustav kapitali 25 mlrd so‘mni tashkil etib, uning yuridik manzili sifatida bankning bosh ofisi ko‘rsatilgan.
Ipak Yuli Banki mikromoliya sektoriga kirmoqda

Foto: tanga.uz / SI

2-oktyabr kuni Ipak Yuli Banki o‘zining Ipak Yuli Finance mikromoliya tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Shu munosabat bilan mazkur tashkilot bankka bo‘ysunuvchi xo‘jalik jamiyatlari tarkibiga kiritildi.

Yangi tashkilotning yuridik manzili sifatida Ipak Yuli Bankining Toshkent shahridagi bosh ofisi ko‘rsatilgan.

Manba: stat.uz

Ipak Yuli Finance hozircha mikromoliya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgani yoki olmagani ma’lum emas.

Markaziy bankning mikromoliya tashkilotlari reyestri oxirgi marta 5-avgust kuni yangilangani bois, bunga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmadi. 

Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda Ipak Yuli Finance ustav kapitali 25 mlrd so‘mni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Markaziy bank talabiga ko‘ra, mikromoliya tashkiloti ochish uchun eng kamida 2 mlrd so‘m ustav kapitali shakllantirish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Kapitalbank hamda Hayot Bank sobiq rahbarlari mikromoliya sektoriga kirgani ma’lum bo‘lgandi.

#ipak_yuli_bank#ipak_yuli_finance

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan