9-oktyabr kuni Toshkent shahrida Davr Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilish ABB bankning nazorat paketini sotib olganidan so‘ng yangi aksiyadorlar qatnashgan ilk yig‘ilish bo‘ldi.
Unda aksiyadorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar 13-oktyabr kuni Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan.
Bank kuzatuv kengashi tarkibi to‘liq yangilandi
Aksiyadorlar kuzatuv kengashining amaldagi tarkibi vakolatlarini muddatidan oldin tugatdi.
Kengash tarkibidan bank ta’sischisi va kengash raisi Lutfulla Ubayev, shuningdek, Mirkodir Mirzayatov, Atham Alimov, Ozoda Abdurahmonova hamda Shavkat G‘iyosov chiqarildi.
Yangi kengash vakolatlari har yili tasdiqlab borilishi sharti bilan 3 yil muddatga saylandi.
Uning tarkibiga ABB boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari Taleh Tahirli va Agshin Amirov, mustaqil a’zolar sifatida esa Shafag Hasanova, Said Abdunabiyev va Farhod Roziyev kiritildi.
Lutfulla Ubayev bundan buyon kengash majlislarida ovoz berish huquqisiz, kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi belgilandi.
Boshqaruvga ABB vakillari qo‘shildi
Boshqaruv tarkibidan rais o‘rinbosari Ravshan Tojiyev hamda rais o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Alisher Qurbonov chiqarildi.
Ularning o‘rniga ABB boshqaruvchi direktori Aynur Suleymanli va ABB boshqaruvi raisi maslahatchisi Geybat Gadirov rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Boshqaruv 3 yil muddatga quyidagi tarkibda tasdiqlandi: rais Abdumajid Samadov, rais o‘rinbosarlari Aynur Suleymanli, Geybat Gadirov va Samarjon Nazarov.
E’lon qilingan yangi tarkibda risk-menejment departamenti direktori Nodir Xalilov ham bor.
Vakolatlari tugatilgan kengash va boshqaruv a’zolari yangi nomzodlar Markaziy bank bilan kelishilib, lavozimga kirishgunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Bank nomi va brendi o‘zgaradi
Aksiyadorlar bankning firma nomini “ABB Davr Bank” aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirishni ma’qulladi. Yangi nom ustav davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab qo‘llaniladi.
Bank faoliyatida ABB Davr tijorat belgisi ishlatiladi, boshqaruv esa uni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlaydi.
Kuzatuv kengashi a’zolari

Taleh Tahirli / Foto: ABB

Agshin Amirov / Foto: ABB
Shafag Hasanova (mustaqil a’zo)

Shafag Hasanova / Foto: LinkedIn
Said Abdunabiyev (mustaqil a’zo)

Said Abdunabiyev / Foto: LinkedIn
Farhod Roziyev (mustaqil a’zo)

Farhod Roziyev / Foto: LinkedIn
Boshqaruv a’zolari
Abdumajid Samadov (boshqaruv raisi)

Abdumajid Samadov / Foto: Davr Bank
Aynur Suleymanli (rais o‘rinbosari)

Aynur Suleymanli / Foto: LinkedIn
Geybat Gadirov (rais o‘rinbosari)

Geybat Gadirov / Foto: LinkedIn
Samarjon Nazarov (rais o‘rinbosari)

Samarjon Nazarov / Foto: Davr Bank
Nodir Xalilov (boshqaruv a’zosi)

Nodir Xalilov / Foto: Davr Bank
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Davr Bank aksiyalarining 51 foiz ulushini 140 mln dollarga sotib olgandi.
