Mijozlar murojaatlari bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega banklar ro‘yxati e’lon qilindi

16.10.2026 15:35
O'zbekchaРусский
Markaziy bank mijozlar murojaatlari bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qildi. 2026-yil uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Hayot Bank, BRB, Mikrokreditbank, TBC Bank, ANORBANK, Turonbank, Asakabank, InFinBank, AVO Bank hamda Kapitalbank bu borada salbiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan.
Mijozlar murojaatlari bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega banklar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Markaziy bank mijozlar murojaatlari bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning uchinchi choragida Markaziy bankka banklar faoliyati yuzasidan jami 12 ming 307 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar soni banklarning mijozlari soniga nisbatan tahlil qilinib, murojaatlar bo‘yicha indeks ko‘rsatkichi shakllantirilgan.

Unga ko‘ra, infografikada keltirilgan o‘nta bank uchinchi chorakda murojaatlar soni bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan.

Infografika: Markaziy bank

Shunday qilib, uchinchi chorakda InFinBank hamda Ipoteka-bank reytingdan chiqishga erishgan. Hayot Bank hamda Turonbank esa uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha reytingga yangi qo‘shilgan.

Qolgan sakkizta bank esa joriy reytingda ham saqlanib qolgan. Ulardan BRB, ANORBANK, Turonbank hamda Kapitalbank indeks ko‘rsatkichi ikkinchi chorakka nisbatan yanada yomonlashgan.

AVO Bank, Mikrokreditbank, TBC Bank hamda Asakabank indeks ko‘rsatkichlari esa yaxshilangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur reyting Markaziy bank tomonidan joriy yildan boshlab har chorakda e’lon qilib kelinmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu antireyting bo‘yicha o‘z fikrini bildirib, unda korporativ va chakana mijozlarni alohida baholash kerakligini ta’kidlagan edi.

Uning fikricha, amaldagi metodologiya saqlanib qolsa, chakana mijozlari ko‘p bo‘lgan banklar murojaatlar antireytingida yuqori o‘rinlarda qolaveradi.

#banklar_murojaatlar#antireyting

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan