Paynet to‘qqiz oyda salkam 65 mln dollar sof foyda oldi

27.10.2026 17:09
O'zbekchaРусский
Paynet to‘lov tashkiloti 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 780 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Tashkilot foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450 mlrd so‘mga ko‘paygan. Kompaniya ushbu to‘qqiz oylik davrda sotish xarajatlari uchun salkam 1 trln so‘m sarflagan.
Paynet to‘qqiz oyda salkam 65 mln dollar sof foyda oldi

Foto: Paynet

Paynet aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi uchun moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya ushbu davrda 1 trln 752 mlrd so‘m sof tushum olgan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 542 mlrd so‘mga yoki 45 foizga ko‘p.

Infografika: tanga.uz

Xarajatlar

Kompaniyaning xarajatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning eng katta qismi sotish xarajatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mazkur xarajat o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 250 mlrd so‘mga ko‘payib, 918 mlrd so‘mga yetgan.

Boshqa operatsion xarajatlari esa 129 mlrd so‘mga ko‘payib, 211 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Ma’muriy xarajatlari esa, aksincha, 20 mlrd so‘mga kamayib, 65 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Sof foyda

Paynet ushbu to‘qqiz oyni 780 mlrd so‘m (64 mln 823 mln dollar) sof foyda bilan yakunlagan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450 mlrd so‘mga yoki 2,4 barobarga ko‘p.

Foydaning bunday o‘sishida kompaniyaning asosiy faoliyatidan tashqari daromadlari ham muhim o‘rin tutgan.

To‘lov tashkilotining to‘qqiz oylik foydasining 321 mlrd so‘mi dividend to‘lovlari orqali kelgan.

Uni hisobga olmaganda, kompaniyaning sof foydasi 459 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lardi.

Ma’lumot uchun, Paynet HUMO to‘lov tizimining yagona aksiyadori hisoblanadi.

Kompaniya hisobot davri uchun 85 mlrd so‘m foyda soliq to‘lagan (o‘tgan yilning mos davrida 50 mlrd so‘m edi).

Eslatib o‘tamiz, Paynet avvalroq GoInvest brokerlik platformasining nazorat paketini sotib olgandi.

#paynet#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan